

84-daqiqada braziliyalik hujumchi Neymarning urgan goli hisobiga "Santos" Braziliya chempionatida ketma-ket ikkinchi g'alabasini qayd etdi. "Flamengo" esa uchta ketma-ket g'alabadan so'ng ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Keyinki turda "Santos" 20 iyul kuni "Mirasol"ga qarshi maydonga tushadi, "Flamengo" esa 21 iyul kuni "Fluminense" bilan derbida kuch sinashadi.
Hozirda "Santos" 14 ochko to'plab, turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. "Flamengo" esa 27 ochko bilan chempionatda peshqadamlikni saqlab qolmoqda.



