Neymar yiliga 15 mln. evro ishlab topadi, uning badal puli esa 1 mlrd. evro bo'ladi

Aslanov Jasurbek
27 noya 2015, 13:45
"Barselona" hujumchisi Neymar klub bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, kelishuv uzaytirilganidan so'ng, Braziliya terma jamoasi futbolchisi maosh bo'yicha jahonda uchinchi bo'ladi: Uning yillik maoshi 15 mln. evro bo'lishi kutilmoqda. Bu borada u faqat Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan ortda qoladi. Bundan tashqari, "Barselona" Neymarning badal pulini 1 mlrd. evro etib belgilamoqchi.

Neymarning klub bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca