Neymar sobiq jamoasiga qaytayotganini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
31 yanv 2025, 01:19
Futbolchi Neymar "Santos"ga qaytayotganini ma'lum qildi.

Braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlariga video joylab, xabarni ma'lum qildi.

"Ertangi kunni kutish ham qiyin bo'lmoqda, qarorimni oilam va do'stlarim yaxshi bilishadi. "Santos" bilan shartnoma tuzmoqchiman. Bu onlarni kutgan butun dunyodagi muxlislarimni tabriklayman. Bu klubni tark etganimga 12 yil o'tdi, lekin hech qanday hissiyotlar o'zgarmabdi.

Ar-Riyodda unutilmas lahzalarni o'tkazdim. Saudiya Arabistoni meni aqlbovar qilmas darajada qarshi oldi, u yerda baxtli edim. Biroq juda jiddiy jarohatim bor edi va maydondagi qarzlarimni uza olmadim.

2034 yilgi jahon chempionatida Saudiya Arabistoni termasiga muxlislik qilaman. "Santos" esa menga men istayotgan muhabbatni taqdim qila oladi", - dedi Neymar.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/neymarjr