Neymar: "Shu mavsum YCHLda g'olib bo'lishni xohlayman"
8 yanv 2020, 02:10
"Pari Sen-Jermen" klubi hujumchisi joriy mavsum yakunida Yevropa Chempionlar Ligasida g'olib chiqishni xohlayotgani haqida gapirdi.
"Hozir bizda ajoyib jamoa bor. O'ylashimcha, bu PSJning butun tarixidagi eng kuchli tarkib. Chunki men shu yerdaman. Men joriy mavsum YCHLda zafar quchishni juda xohlayapman", - dedi futbolchi "Globoesporte" nashriga.