Neymar PSJda kelasi mavsumda ham qolmoqchi

Alisher
31 mar 2022, 12:34
PSJ hujumchisi Neymar kelasi mavsum klubda qolmoqchi.

Jamoaning Chempionlar Ligasidan chiqib ketishi va muxlislar tomonidan norozilik braziliyalik futbolchini ushbu yozda yangi klub izlashga majbur qilmaydi. Neymar Fransiya poytaxtida baxtli va ketishga harakat qilmayapti.

30 yoshli futbolchi joriy mavsum PSJ tarkibida barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal