Neymar otasi 26 mln. evro oladi, ammo PSJdan emas

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2017, 14:31
"Barselona" hujumchisi Neymarning otasi Kataloniya klubidan 26 mln. evro oladi.

Bu pullar 2016 yil Neymar ko'k-anorranglilar bilan shartnoma uzaytirgani uchun uning otasiga o'tkazib beriladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'g'lining agenti bo'lgan katta Neymar bu mablag'ni iyulning oxirigacha olishi kerak. Yangi shartnomada Neymarning tovon puli 222 mln. evro etib belgilangan.

Neymar PSJ klubiga o'tishga yaqin, agar ushbu transfer amalga oshsa, otasi bundan ko'proq pul oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es