Neymar "Navbahor"ga qarshi o'yinda jamoa sardori bo'lishi kutilmoqda. Bog'ichning sobiq egasi esa bundan g'azabda

Administrator
18 sen 2023, 00:25
Ertaga OCHL birinchi turidan o'rin olgan "Al Hilol" – "Navbahor" uchrashuvi start oladi.

"Al Hilol"ning braziliyalik yulduzi Neymar yaqinda debyutini o'tkazdi va samarali harakatlarni amalga oshirdi. 

Asharq al-Avsat gazetasining xabariga ko'ra, klub rahbariyati sardorlik bog'ichini butunlay 32 yoshli futbolchiga ishonib topshirmoqchi. Biroq ushbu qarorga jamoaning amaldagi sardorlaridan biri Salim al Davsari o'z noroziligini bildirgan.

Braziliyalik hujumchi Osiyo Chempionlar ligasining 1-turi doirasida "Navbahor"ga qarshi o'yinda jamoasi maydonga boshlab tushishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Neymar debyut bahsida penalti ishlagach, Davsari unga 11 metrli jarima zarbasini tepish imkoniyatini bermasdan, standartni o'zi amalga oshirgandi, bu esa ko'pgina muxlislarning noroziligiga sabab bo'ldi.

“Al Hilol” – “Navbahor” o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Asharq al-Avsat