Neymar: “Murabbiy almashgach, MYU yangicha uslubda to'p tepishi aniq”

19 dek 2018, 20:29
PSJ hujumchisi Neymar YCHL qur'asi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, PSJ YCHL 1/8 bosqichida MYU bilan to'qnash keladi.

“Qur'a natijalariga ijobiy qarayapman. Ikki buyuk klub to'qnashuvi muxlislar uchun  qiziqarli bo'lishi shubhasiz. Biz “Manchester Yunayted” futbolchilarining kuchli tomonlarini bilamiz. Hozir ularda murabbiyi almashdi, demak o'yin falsafasi ham o'zgarishi tabiiy. Raqibimiz tarkibida to'p tepayotgan  futbolchilarning saviyasini yaxshi bilamiz. Bu kabi katta o'yinlarda qatnashishni yaxshi ko'raman. MYUga qarshi to'p tepishdan xursandmiz”, deya Neymarning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Parij klubi matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: ПСЖ расмий сайти