Neymar jarohat oldi, seshanba kuni "Barselona" bilan o'yin bor

Aziz Tukhtamuradov
11 fev 2021, 07:50
PSJ futbolchisi Neymar Fransiya kubogi 1/32 final doirasida "Kan"ga qarshi o'tkazilgan o'yinda jarohat oldi.

U 60-daqiqada chap oyog'idan jarohat oldi va o'z o'rnini Kilian Mbappega bo'shatib berdi. U o'yindan so'ng darhol kiyinish xonasiga kiritb ketdi. 

Qayd etish lozimki, Neymar ilk marotaba o'yinni PSJ sardori sifatida boshlagandi. 

PSJ yaqin orada Fransiya chempionati doirasida "Nicca" (13 fevral), keyin esa safarda Chempionlar ligasi doirasida "Barselona" (16 fevral) jamoalariga qarshi o'yin o'tkazishi lozim. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal