Neymar Anchelottining qaroriga munosabat bildirdi

Khoja
17 mar 2026
"Santos" hujumchisi Neymar Anchelotti tomonidan Braziliya terma jamoasiga yaqindagi o'rtoqlik uchrashuvlari uchun chaqirilmaganiga munosabat bildirdi.

"Men bu haqda gapirib o'taman, chunki buni e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi. Albatta, men terma jamoaga chaqirilmaganimdan hafsalam pir bo'ldi va ranjidim. Lekin men har kuni, har bir mashg'ulotda, har bir o'yinda diqqatimni jamlab ishlashda davom etaman. Men o'zimni yo'qotmayman. Biz o'z maqsadimizga erishamiz. Terma jamoaning yakuniy tarkibi hali oldinda", - deb fikr bildirdi hujumchi.


KhojaMuallif
Manba: Footmercato