Neymarning otasi: "O'g'lim va Luis Enrike yarashib olishdi"

Aslanov Jasurbek
20 apr 2015, 11:41
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike va hujumchi Neymar orasida muammo yo'q.

Bu haqda Braziliya terma jamoasi futbolchisining otasi ma'lum qildi.

"Ular o'zaro gaplashib olishdi va hammasi tinchlik bilan tugadi. Neymar hali yosh, o'rganishda davom etyapti va kelajakda bularning bari unga darsa bo'ladi" - deydi futbolchining otasi.

Neymar "Sevilya"ga qarshi uchrashuvning 74 daqiqasida almashtirilgani uchun bosh murabbiy Luis Enrikedan norozi bo'lgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com