Negredo: "Valensiya" vazifasini uddaladi va CHLda uzoqroqqa bormoqchi"

Aslanov Jasurbek
26 avg 2015, 10:45
"Valensiya" hujumchisi Alvaro Negredo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqqani borasida fikr bildirdi.

"Maqsadimiz guruh bosqichiga chiqish edi va biz uni uddaladik. Gol urish juda muhim edi va buni ilk daqiqalarda amalga oshirdik. Ikkinchi bo'limda "Monako" oldinga chiqib oldi, qiyin bo'ldi.

Turnirda iloji boricha uzoqroqqa bormoqchimiz. Golimni og'ir vaqtlarda men bilan birga bo'lgan yaqinlarimga bag'ishlayman" - deydi Negredo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com