

Xabaringiz bor, bundan avval intyernet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan mazkur videolavha yuzasidan barcha huquqbuzarlar ushlanib, tyergovga kadar tekshiruv harakatlari o'tkazishga kirishilganligi to'g'risida ma'lum qilgan edik.
Mazkur holat yuzasidan shu kunning o'zida Farg'ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tyergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “v” bandi (ommaviy tadbirlar o'tkazilayotgan vaqtda bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tyergovga kirishildi.
Mazkur jinoyat ishi doirasida 6 nafar shaxslar yuqoridagi modda bilan ish bo'yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ular Jinoyat-processual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.
Shu bilan birga, ommaviy tadbirlar o'tkazilayotgan vaqtda ishtirok etgan 5 nafar shaxslarning harakatlarida Mamuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlik aniqlanganligi bois, ular mamuriy tartibda ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tyergov harakatlari yakuniga ko'ra, ishga aloqador bo'lgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho byeriladi.
Mazkur holat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.
Tyergov harakatlari yakuniga ko'ra, qo'shimcha xabar byeriladi.
Farg'ona viloyat IIB Axborot xizmati



