“Neftchi” futbolchilari tatilga chiqishdi

6 iyul 2013, 12:29
“Neftchi” jamoasi birinchi davraning so'nggi ikki turida muxlislarni xursand qildi.

Jamoa avvaliga Qo'qon shahrida “Navbahor” keyinchalik esa G'uzorda “Sho'rtan”ni bir xil 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Natijada jamoamiz hisobidagi ochkolar soni 13 taga etdi. Davralar oralig'idagi tannafusga “Neftchi” 10-o'rin bilan chiqib ketdi. 

Kecha jamoa futbolchilariga tatil berildi. Ikkinchi davraga tayyorgarlik 12 iyul kuni davom ettiriladi. Shu kuni futbolchilar klub qarogohida yig'ishadi va Toshkentga jo'nab ketishadi. Birinchi yig'in Toshkentda o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Manba: fcneftchi.uz