"Neftchi" futbolchilari: 3 oydan buyon maosh yo'q

Narzulla Saydullayev
31 okt 2024, 12:54
Farg'onaning "Neftchi" klubi Superliganing 22-turida safarda OKMKni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Championat.asia saytiga "Neftchi" futbolchilaridan murojaat kelib tushdi. Unga ko'ra klub 3 oydan buyon maosh bermayotgan ekan. Bundan tashqari 6 ta o'yin uchun mukofot puli ham berilmagan ekan. FIFA qoidalariga ko'ra 3 oy maosh olmagan futbolchi klubdan ketishi mumkin. Klub esa futbolchining shartnomasi tugaguniga qadar maoshini to'lab berishga majbur bo'ladi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia