Nazorat uchrashuvi. Lokomotiv-BFK - UzDongJu 1:2

Narzulla Saydullayev
2 mar 2017, 19:17
Avval xabar berganimizdek, Toshkentda yig'in o'tkazayotgan Andijonning UzDongJu jamoasi bugun dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Birinchi liga qatnashchisi bo'lgan Lokomotiv-BFK jamoasiga qarshi kechgan bahsda futbolchilarimiz g'alaba qozonishdi. Ayniqsa ikkinchi bo'limda maydonga tushgan yoshlarimiz raqibga etarlicha tashvish tug'dira oldi. Omonullaxonov va To'xtamatovning kiritgan gollari evaziga UzDongJu g'alaba qozondi.
Endi jamoamiz 4 mart kuni navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvini Qozog'istonning Kaspiy jamoasiga qarshi o'tkazadi.

02/03/2016.
Nazorat uchrashuvi. Lokomotiv-BFK - UzDongJu 1:2.
Gollar:
Obid Xakimov - Shohruh Omonullaxonov, Aziz To'xtamatov.

UzDongJu: Javohir Sadirov, Shoyad Mullajonov, Shohruh Ergashev, Azizbek Qayumov, Azizbek Mahmudov, Usmonali Ismonaliev, Solohiddin Solohiddinov, Islom O'rmonov, Shokir Odiljonov, Asilbek Azizov, Davron Farhodov.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Ilyos Ismoilov, Ibrohim Mamadaliev, Dilmurod Yusupjonov, Javohir Isomiddinov, Oybek Axmatov, Rasul Tashlanqulov, Suxrob No'monov, Azizbek To'xtamatov, Abdurahmon Komilov, Abror Komilov, Shohruh Omonullaxonov.

Lokomotiv-BFK: Sulaymon Ahmedkarimov, Rustam Yoraliev, Jahongir Mirzohidov, Bilol Umarov, Ahmad Qudratov, Jahongir Ahmatov, Ibrohim Sultonov, Doston Madaminov, Obid Hakimov, Otabek Kimsanov, Ozodbek Karimov.
Zaxiradan tushganlar: Aleksandr Belyakov, Diyor Usmonxo'jaev, Saidahror Sotivoldiev, Abbos Nematillaev, Xayotbek Sotivoldiev, Afrosiyob Ikromov.

UzDongJu matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia