

Ushbu bahsda murabbiylar Vadim Abramov va Ulug'bek Baqoev bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazishdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmagan bo'lsa, ikkinchi bo'lim boshida Shahboz Jo'rabekov avtogol muallifi bo'ldi – 0:1.
Oradan ko'p o'tmay, Jo'rabekovning o'zi farqni tenglashtirdi – 1:1. 67-daqiqada "Dinamo"ning hujumi paytida to'p navbatdagi marta mezbon futbolchisiga tegib darvozadan joy olgan bo'lsa, 79-daqiqada Sahob Rashidov sobiq klubi darvozasini ishg'ol etdi – 1:3.
O'rtoqlik o'yini. 25 sentyabr (yakshanba)
SO'G'DIYONA - DINAMO 1:3 (0:0)
Gollar: Shahboz Jo'rabekov 57 – Shahboz Jo'rabekov avtogol 50, avtogol 67, Sahob Rashidov 79.
"Dinamo": Farhod Rahmatov, Evgeniy Chumak, Erkin Boydullaev, Jo'rabek Mannonov, Ibrohim Yo'ldoshev, Abdujamol Isroilov, Mehriddin Musurmonov, Javlon Malikov, Akmal Kozimov, Elguja Grigalashvili, Marat Bikmaev.
Zaxiradan maydonga tushgan o'yinchilar: Aslon Ahrorov, Vohid Oqbo'taev, Bobur Madaminov, Shohrux Mahmudxojiev, Oybek Nurmatov, Sahob Rashidov, Faxriddin Alimov



