"Navbahor"ning keyingi rejalari hali aniq emas

Narzulla Saydullayev
2 dek 2015, 12:38
Joriy yilgi mavsumni 8-o'rinda yakunlagan "Navbahor" jamoasining kelgusi mavsum rejalari hali aniq emas.

Odatdagidek, dekabr oyining so'nggi o'n kunligida mahalliy futbolchilar mashg'ulotlarni boshlalashadi. Yanvar oyidan tashkil etiladigan yig'inlarda tarkibdagi barcha futbolchilar jamlanishadi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, jamoa tarkibini ayrim futbolchilar tark etadi. Bular qatoriga S.Shixov, A.Samatov, U.Baqoev, SH.Erkinov, R.Hasanovlarni kiritish mumkin. Albatta, Baxtiyor Ashurmatovning keyingi taqdiri ushbu va boshqa futbolchilarning kelajagini aniqlab berishi mumkin.

Hozircha Ashurmatov borasida jamoa bir to'xtamga kelmagan. Agarda Baxtiyor A'zamovich klubni tark etsa, o'rniga namanganlik bo'lgan yoki xorijdan mutaxassis kelishi mumkin. Har holda aksariyat muxlislar Ashurmatovni ketishini istamoqda.

O'z navbatida bir qancha mahalliy futbolchilarga ham boshqa jamoalardan takliflar bo'lmoqda. Birinchi galda Azim Ahmedov va Dilshod Jabborovlarga qiziqish baland. Ko'ramiz, "Navbahor" ushbu futbolchilarni tarkibda saqlab qolarmikin.


Ulug'bek

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia