Serbiyalik murabbiy "Navbahor"dan nima uchun ketgani ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
1 avg 2021, 10:37
Kecha Namanganning "Navbahor" klubining serbiyalik murabbiyi Aleksandr Galich jamoadan ketgani haqida xabar bergandik.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Galich BAAning "Emireyts" klubida ish boshlaydi. Murabbiy o'tgan kuni Dubay shahriga yetib borgan. 

Ma'lumot uchun, Galich “Lokomotiv” hamda “Chanchun Yatay” jamoalarida ayni paytda “Navbahor”da maslahatchi-murabbiy sifatida ishlayotgan Samvel Babayan bilan birga faoliyat yuritgan.

Aleksandr Galich "Navbahor"da jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ish olib borishi kutilgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia