“Navbahor” sport direktori: "Namanganda OCHL bayramini davom ettiramiz va guruhdan chiqishga harakat qilamiz"

Iskandarov Abdulaziz
24 avg 2023, 16:17
Navbahor" jamoasi OCHL guruh bosqichida "Al Hiliol", "Mumbay Siti", "Nassaji Mazandaran" bilan bir guruhdan o'rin oldi.

Qur'a haqida "Navbahor" sport direktori Abdumalik Umrzoqov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Assalomu alaykum aziz futbol ishqibozlari. Biroz oldin OCHL qur'a tashlash marosimi yakunlandi. O'ylaymanki, yaxshi guruhga tushdik. Barcha raqiblar bilan maksimal darajada harakat qilib ishtirok etish mumkin. G'alaba uchun maydonga chiqamiz va guruhdan chiqish vazifasini uddalaymiz. 

OCHL Namanganga kelganini o'zi katta bayram. Biz bu bayramni davom ettirishga va guruhdan chiqishga, oxirigacha borishga harakat qilamiz. Futbol bayramida birgalikda ko'rishamiz",- “Navbahor” sport direktori Abdumalik Umrzoqov

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати