"Navbahor" - "Nasaf". Bugun kimlar maydonga tushmaydi?

Narzulla Saydullayev
30 okt 2023, 10:54
Bugun Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur bahsda har ikkala jamoa safida bir qator jarohat olgan futbolchilar maydonga tusha olishmaydi.

"Navbahor"da himoyachi Davron Hoshimov mavsum oxirigacha safdan chiqqani ma'lum qilingandi. Legionerlar Yovan Jokich va Toma Tabatadze ham jarohatlarini davolashmoqda.

"Nasaf" tarkibida darvozabon Umidjon Ergashev va himoyachi Shuhrat Muhammadiev OCHL doirasidagi "Sharja" bilan bahsdan oldin jarohat olishgandi. Gruziyalik yarim himoyachi Jambuli Jigauri esa "Metallurg" bilan uchrashuv jarohat olib maydonni tark etdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia