“Navbahor” ertaga Turkiyaga uchib ketadi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2019
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan Namanganning “Navbahor” klubi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyaning Antaliya shahrida olib boradi.

Klub matbuot xizmatining ma'lumot tarqatishicha, namanganliklar Antaliyada 6-17 fevral kunlari bo'lib, 3 ta nazorat-sinov bahslari o'tkazishni rejalashtirishgan. Mazkur o'rtoqlik bahslarida “lochinlar”ga Turkiyada  yig'in olib borayotgan Ukraina, Shveytsariya hamda Turkiya jamoalari sparring-raqib bo'lishadi.

Shuningdek, ushbu yig'in davomida “Navbahor” ustozi Andrey Kanchelskis bir qator yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishni ham rejalashtirgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz