"Navbahor" – "Bunyodkor" o'yini boshqa muddatga qoldirildi

Sherzod Nurmatov
24 okt 2023, 14:06
Coca Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Bunyodkor" o'yini 2 noyabrdan 11 noyabrga ko'chirildi.

"Chempionlar Ligasi sabab tig'iz taqvimda to'p tepayotgan Namangan klubi Ligaga shunday taklif bilan chiqdi. 

Taqvimni rejalashtirayotgan vaqtda Liga Navbahorning O'zbekiston Kubogi final uchrashuvida ehtimoliy to'p tepishini nazardan qochirmagandi. "Navbahor" o'z yurishini yarim finalda to'xtatgach, keyingi taqvimini osonlashtirish maqsadida taklif kiritdi va Liga mazkur taklifni qanoatlantirdi", – deyiladi O'zPFL xabarida.

24-tur 

11 noyabr, shanba

NAVBAHOR - BUNYODKOR

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz