"Navbahor" bosh murabbiyi: "Pogba yetakchi emas"

Aslanov Jasurbek
23 fev 2019
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi, ayni damda Namanganning "Navbahor" klubini boshqarayotgan Andrey Kanchelskis "qizil iblislar" yarim himoyachisi Pol Pogba haqida fikr bildirdi.

"Ko'pchilik Pogba o'zini katta o'yinlarda qanday namoyish etishi haqida gapirmoqda. Buni "Liverpul"ga qarshi bahsda ko'ramiz.

Ayni damda - u yetakchi emas. Avvallari bizda Roy Kin, Stiv Bryus va Erik Kantona kabi futbolchilar bo'lardi. Hozir esa MYUda bunday yetakchilar yo'q" - deydi Kanchelskis.

"Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvi 24 fevral kuni "Old Trafford"da bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 888sport