Nasri dunyodagi eng kuchli arab futbolchisi kim ekanligini aytdi

Alisher
26 dek 2019, 10:20
"Arsenal" va "Manchester Siti" sobiq yarim himoyachisi Samir Nasri sayyoramizdagi eng kuchli arab futbolchisi nomini aytdi.

Nasrining so'zlariga ko'ra, bu "Manchester Siti"da o'ynayotgan Riyod Mahrezdir.

Shu bilan birga Muhammad Salahni tanqid qildi. Samir Salahni jamoaviy o'yinchi deb hisoblamaydi va "Liverpul" to'purarini xudbinlikda aybladi.

Eslatib o'tamiz, Mahres "Siti"ga "Lester"dan o'tgan. Futbolchi "tulkilar"ga APLni yutishda katta yordam ko'rsatgan va shuningdek jazoirliklar bilan birga Afrika Kubogini ham yutgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal