Nasaf yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o'tkazdi. Yangi futbolchilar qaysi raqamlarda harakat qilishadi?

Khoja
8 mar 2025, 08:26
Kecha Qarshi shahridagi Yoshlar markazida Nasaf futbolchilari va murabbiylari, muxlislar hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Berdialievich Azimov ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida jamoaning o'tgan mavsumdagi yutuqlari esga olindi.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov Nasaf klubining viloyat aholisi uchun naqadar muhim ekanini ta'kidlab, ularning har bir g'alabasi muxlislarga yuqori kayfiyat ulashishini qayd etdi. Shuningdek, jamoaning yangi mavsumda ham sovrinlarni qo'lga kiritishi va o'tgan mavsum Superliga chempioni sifatida chempionlikni saqlab qolishi zarurligini ta'kidladi.

So'zga chiqqan jamoa prezidenti, Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi bosh direktori barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, muxlislarning jamoa uchun katta kuch ekanini alohida etirof etdi. Aynan ularning qo'llab-quvvatlashi va jamoaning jipsligi tufayli Nasaf o'tgan mavsum orziqib kutilgan chempionlikni qo'lga kiritgani takidlandi. U yangi mavsumda ham asosiy maqsad chempionlikni qo'lga kiritish ekanini bildirdi.

Jamoa afsonasi va tajribali murabbiyimiz Ro'ziqul Berdiev jamoaning katta yutuqlarga erishishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berayotgan viloyat hokimligi hamda bosh homiy Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. U bildirilgan ishonchni oqlash uchun jamoa tinimsiz harakat qilishini ta'kidladi.

Shuningdek, so'zga chiqqan Abduvohid Ne'matov hamda Superliganing so'nggi yillardagi eng yaxshi to'purarlaridan biri, Nasaf safida debyut qilgan Dragan Cheran ham muxlislar ishonchini oqlashga vada berishdi.

Tadbir yakunida jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilarga o'z raqamlariga ega futbolkalar tantanali ravishda topshirildi:

Rubin Hebay – 99

Oleksandr Vorobey – 1

Dragan Cheran – 10

Suhrob Nurulloev – 17

Umarbek Eshmurodov – 92

Husayn Norchaev – 18



O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @fcnasaf