"Nasaf" va "Qizilqum"ga "5", qolganlarga IKKI!

Nadirkhuja Yuldashev
19 fev 2015
Joriy mavsum ko'plab jamoalarimiz Turkiya va BAAda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazishdi. Futbol kim uchun, muxlis uchun! Muxlisga esa xabarlarni matbuot kotibi etkazadi.

Xorij yig'inlarida "Paxtakor", "Bunyodkor", "Nasaf", "Lokomotiv", "Qizilqum", "Neftchi", "Buxoro" va "Olmaliq" ishtirok etishdi. Bu klublar orasida faqatgina "Nasaf" va "Qizilqum" jamoalari o'zlari bilan matbuot kotiblarini Turkiyadagi safarga olib ketdilar. Bu bilan ularning muxlislari quvonishlari tabiiy. Qolgan klublar esa Toshkentda yig'in o'tkazdilar. "Metallurg", "Olmaliq", "Mashal", "Andijon", "Dinamo", "Sho'rtan", "Qo'qon-1912" va "So'g'diyona" jamoalari poytaxtga kelishdi. "Olmaliq", "Sho'rtan" va "Metallurg" matbuot kotiblari Toshkentda istiqomat qiladilar. "Qo'qon-1912" va "Mashal" jamoalarining matbuot kotiblari esa jamoa bilan birga bo'lyaptilar. Ularning muxlislari nomidan rahbariyatga o'z tashakkurimizni aytamiz. 3-4 kunga "Andijon" jamoasi ham o'z matbuot kotibini Toshkentga olib keldi. 

Xullas, ko'rib turganingizdek, klublarimizda matbuot kotiblariga e'tibor yo'q. Matbuot kotibiga e'tibor yo'q degani, klub o'z muxlisiga beparvo degani.

Bunday ishlash yaxshi emas janobi rahbarlar, matbuot kotibi "quloq" emas, u shunchaki muxlislar o'rtasidagi ko'prik!

Tolibjon Qosimov.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia