Superliga. "So'g'diyona" Andreevning goli evaziga Qarshida g'alaba qozondi va uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi

Aslanov Jasurbek
9 noya 2024, 19:00
"Nasaf" hamda "So'g'diyona" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 24-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Nasaf" – "So'g'diyona" 0:1 

9 noyabr, 17:00

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Qanot hakamlari: Sardor Hakimov, Shohnur Yo'ldoshev

Zaxira hakami: Zokir Sapoev

VAR: Davron Akmalov

AVAR: Sanjar Shoyusupov

Hakamlar nazoratchisi: Marat Ismoilov

Uchrashuv komissari: Davron Ibrohimov

Gol: Stanislav Andreev (Lyupche Doriev) 90, 0:1

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne'matov, 4.Dilshodjon Komilov, 5.G'olib G'aybullaev ( 8.Zafarmurod Abdirahmatov,75), 6.Murodbek Rahmatov (70.Jambuli Jigauri,85) 7.Akmal Mozgovoy, 10.Bobir Abdixoliqov (32.Zoran Marushich,62),  14.Sharof Muhitdinov ( 19.Stefan Cholovich, 75), 28.Shuhrat Muhammadiev, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich (9.Javohir Sidiqov,62)

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 21.Doniyor Narzullaev, 22.Igor Golban, 23.Kuach Yuel,  

"So'g'diyona": 21.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Sardor Qulmatov, 3.Islomjon Qobilov, 5.Jasurbek Yoqubov (4.Otabek Ahadov, 85), 8.Vladimir Yovovich, 14.Lyupcho Doriev, 15.Xondamir Mustafoev (7.Muhammadsafo Fozilov,60) ( 22.Aleksey Nosko, 88), 32.Nodirjon Soyibov, 33.Oleg Zoteev, 34.Dilshodbek Misiraliev ( 28.Stanislav Andreev,60) 99.Umidbek Sultonov ( 9.Samandarjon Mavlonqulov, 60)

Zaxira: 27.Milan Mitrovich, 6.Alisher Salimov, 17.Samandar Sindarov,23.Suhrob Izzatov,

Ogohlantirish: Nodirjon Soyibov ("So'g'diyona") 66, Akmal Mozgovoy ("Nasaf") 70


MATNLI TRANSLYATSIYA

Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi. 

90. GOL. "So'g'diyona" qarshi hujumda "Nasaf"ni jazoladi. Doriev tezlikda oldinga o'tdi va qulay poziciyaga chiqib borayotgan Andreevga to'pni uzatdi, 0:1

75. ZARBA. Sidiqovning jarimadan tepgan to'pi xavfli chiqdi. 

68. XAVFLI. "So'g'diyona" raqibining oldinga o'tib ketganidan foydalanib hujum uyushtirdi. Mavlonqulov qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi. 

60. O'ZGARISH. Dilshod Misiraliev o'rniga Stanislav Andreev, Umid Sultonov o'rniga Samandarjon Mavlonqulov, Xondamir Mustafoqulov o'rniga Muhammadsafo Fozilov tushdi. 

52. ZARBA. Dorievning zarbasini Ne'matov qaytardi. 

50. Gol hisobga olinmadi. O'yin davom etadi. 

48. VAR golni ko'rib chiqmoqda. Bu vaziyatda to'p qo'lga tekkan yoki tegmagani ko'rib chiqilmoqda.

46. GOL. Sharof Muhitdinovning qanotdan uzatib bergan to'pini Bobir Abduxoliqov golga aylantirdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

43. ZARBA. "Nasaf" futbolchisining zarbasi Qobilovga tegdi. 

36. Jarohatlar ko'p bo'lmoqda. Dilshod Komilovga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

29. ZARBA. Oleg Zoteev to'pni to'g'irlab olib zarba berdi. Uning zarbasi xavfli ko'rinish oldi. 

24. To'p nazorati "Nasaf"da. 

19. O'yindagi qiziqarli vaziyatlarni telegram kanalimizda kuzatib boring. 

17.  "So'g'diyona" so'nggi bor 2018 yil Qarshidan g'alaba bilan qaytgan. 

10. Uchrashuvning 10 daqiqasi o'tdi, darvozalar oldida xavfli vaziyat yuzaga kelgani yo'q. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Chempionlik o'yini uchun barcha narsa tayyor. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia