"Nasaf" navbatdagi yig'inni boshladi va 5 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Tolibjon Qosimov
3 yanv 2018, 16:37
"Nasaf" futbolchilari bugun klub qarorgohida yig'ilishmoqda.

Navbatdagi qishki tayyorgarlik mashg'ulotlari ham bugundan boshlanadi. Bu haqda "Nasaf" matbuot xizmati xabar berdi.

Klub rahbariyati tomonidan amaldagi shartnomasi tugagan bir qator futbolchilar bilan yangi shartnomalar imzolandi. Bular: Jasur Hasanov, Umarbek Eshmurodov, Sanjar Quvvatov, Igor Golban va Dragan Cheran. Yuqoridagi futbolchilar qarshiliklar safida to'p tepishni davom ettirishadi.

"Nasaf" rasmiy saytida keltirilishicha, ayni paytda klub bir qator mahalliy va legioner o'yinchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Ajdarlar" 9-22 yanvar kunlari Turkiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazishni rejalashtirgan. Ungacha mashg'ulotlar Qarshi shahrida davom ettiriladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcnasaf.uz