"Nasaf" - "Al Faysali": Jamoalar stadionga yetib kelishdi FOTOGALEREYA

30 yanv 2018, 14:47
"Nasaf" hamda "Al Faysali" jamoalari uchrashuvga 1,5 soat qolganida Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionga yetib kelishdi.

Bugun Qarshi shahrida katta futbol bayrami. Garchi havo sovuq va kechagi qor eri ulgurmagan bo'lsada, ishqibozlarda ko'tarinki kayfiyat hukm surmoqda. Yaqindagina Xitoyda O'zbekiston yoshlari terma jamoasi erishgan muvaffaqiyat va chempionlik kayfiyati butun yurtimiz bo'ylab kezib yuribdi.

Yana sanoqli daqiqalardan so'ng Qarshidagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" jamoasi yangi mavsumdagi o'zining ilk rasmiy va o'ta muhim o'yinini o'tkazadi.

Hozirgina har ikkala jamoalar "Markaziy" stadionga yetib kelishdi.


Fotomuxbirimiz Tolibjon Qosimovning obektiviga tushib qolgan suratlarni siz aziz muxlislarga havola etamiz.


Shuni qayd etib o'tish joizki, uchrashuv boshlanishiga 1,5 soat borligiga qaramasdan muxlislar tashrifi ham allaqachon boshlanib ketgan. Garchi havo harorati juda sovuqligiga qaramasdan, bugungi bahsga kamida taxminan 10 mingdan oshiq ishqibozlar kelishi kutilmoqda.


Eng muhimi, hozirgina stadionga tashrif buyurgan "ajdarlar"ning kayfiyatlari chog'. Aziz G'aniev bugungi bahsda muxlislar uchun Janubiy Koreya darvozasiga urgan golidan "Markaziy" stadionda ham "takror" qo'yib berishga chog'langanini alohida qayd etish lozim.


Yaqin daqiqalar ichida jamoalarning boshlang'ich tarkiblari ham e'lon qilinadi.

"Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev.


Bugun muxlislarning hujumdagi umidi Dragan Cheran bo'ladi.


Xitoyda o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida g'olib bo'lgan Aziz G'anievdan samimiy va ajoyib kadr.


"Ajdarlar"ning yangi legioneri Slavko Lukich.


Xitoyda o'tgan musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi Odil Hamrobekov.


Uchrashuvni translyatsiya qilish jarayonida Sport TV drondan foydalanmoqda.


Bugun raqibning polshalik bo'ydor hujumchisini qo'riqlashda asosiy yuk Igor Golbanga tushadi.


Qarshi shahrida kecha kuchli qor yoqqaniga qaramay, maydon bugungi o'yinga mutlaqo shay va muxlislar ham stadionga kelishni boshlab yuborishdi.



Tolibjon Qosimov va Shahboz Beg'amov

Qarshi shahridan maxsus

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia