"Napoli"ga "Sassuolo" xavbeki kerak

29 mar 2020, 00:47
"Sassuolo" yarim himoyachisi Jeremi Boga "Napoli" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko'ra, 22 yoshli ivuarlik futbolchi yozda nepolliklar safiga qo'shilishga rozi bo'lgan. Yarim himoyachi "Napoli" uchun 20 million evroga tushishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, A Seriyaning joriy mavsumida 24 uchrashuvda maydonga tushgan Boga 8 gol, 4ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport