

Eslatib o'tamiz, bu uchrashuv Chempionlar ligasi 4-turi doirasida bo'lib o'tadi. Neapolliklar oldingi turda Manchestyerda mag'lubiyatga uchrashgan edi.
"Chempionlar ligasi jamoaga qo'shimcha yuklama bo'ladimi? Menimcha, bunday tasavvur bilan fikrlash to'g'ri emas, chunki bu sayyoradagi eng yaxshi futbol musobaqasi. Unda qatnashayotganimizdan faxrlanamiz. Biz ishonch bilan o'ynashga va yaxshiroq ishlashga harakat qilishimiz kerak. "Siti" bilan bellashuv chiroyli bo'ladi, chunki bu oxirgi oylarda Yevropaning eng kuchli jamoasi.
Natijaga erishish qiyin bo'ladi, lekin biz bunday jamoa bilan tengma-teng o'ynay olishimizdan faxrlanamiz", - dedi Sarri.




