"Napoli" Kvaratsxeliyaning transferini e'lon qildi

Alisher
1 iyul 2022, 18:55
Xvicha Kvaratsxeliya rasman "Napoli" o'yinchisiga aylandi.

Neapol klubi 21 yoshli o'yinchini Batumining "Dinamo" klubidan xarid qilganini e'lon qildi.

Kvaratsxeliya "Rubin" bilan shartnomasini bekor qilganidan so'ng "Dinamo" (Batumi)da harakat qildi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, gruzinning transferi "Napoli"ga 10 mln evroga tushdi, o'yinchining maoshi esa 1 mln evro atrofida bo'lib o'tdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sscnapoli.it