"Napoli": Iguain Ronaldu haqida yomon gap gapirmadi"

Aslanov Jasurbek
28 sen 2015, 10:50
"Napoli" o'zining rasmiy saytida Gonsalo Iguain "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida yomon so'zlar aytganligi borasidagi mish-mishlarni jurnalistlarning uydurmasi deb atadi.

"Agar Ronaldu buyukligini tan olmasang, u bilan do'st bo'lish qiyin. Krishtianu o'zini eng yaxshi deb hisoblaydi, ammo u xaddan tashqari ko'p baho berilgan futbolchi. Men Messi bilan birga o'ynaganman va bu yigitga hech kim teng kela olmaydi" - deya takidlagan edi Iguain "Napoli"ga o'tishidan oldin.

"Napoli" va Iguain bu intervyuni tasdiqlamadi. Shunday qilib, unga nisbatan aytilgan gaplar cho'pchak"- deyiladi neapolliklarning rasmiy bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com