

Tez orada futbolchi “Napoli” klubi bilan rasman shartnoma imzolaydi. Neapolliklar Unaning transferi uchun 10 mln evro to'lashadi. Bu ma'lumotni Fransiyaning dunyoga mashhur France Football nashri ham tasdiqladi.
Shu haftada Una “Napoli”da tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. O'tgan mavsumda 20 yoshli yarim himoyachi “Bordo” tarkibida 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol kiritgan.




