Nagelsmann: "Real"ni boshqarish noto'g'ri qadam bo'lardi"

Mirjalol Normatov
9 avg 2020, 18:55
"Leyptsig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 2018 yili "Real"ni boshqarishga rozi bo'lmaganligini aytdi.

"Real"dan taklif bo'lgandi. Biroq jamoa boshqaruvini qo'limga olishim noto'g'ri qadam bo'lishini o'ylagandim. Shu sababli ular bilan kelajakda men bo'sh bo'lsam, ular murabbiy izlasa yana bog'lanishni kelishib oldik", - dedi Nagelsmann.

2018 yili Zinedin Zidan "Real"ni tark etganida uning o'rnini Xulen Lopetegi egallagandi. Oradan bir qancha vaqt o'tib, Zidan yana boshqaruvga qaytdi.

Ushbu mavsumda Nagelsmann qo'l ostidagi "Leyptsig" Germaniya chempionatida 3-o'rinni egalladi va hozirda YCHL chorak finalida "Atletiko"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express