Myuller bir yarim oy maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
23 okt 2017, 10:20
Bavariya hujumchisi Tomas Myuller 9-turda Gamburgga qarshi o'yinda (1:0) jarohat oldi.

28 yoshli futbolchi ikkinchi taymda maydonga tushdi, biroq 10 daqiqa o'tgach og'riqlar tufayli maydonni tark etdi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan so'ng Myuller 5–6 hafta davolanishi kerakligi aniqlandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de