Myuller: “Bavariya” so'nggi bor Gvardiola davrida shunday yaxshi ko'rinishga ega edi”

Eldor Akmurzayev
1 avg 2020, 20:08
Myuxenliklar a'zosi jamoaning hozirgi ustozi Xans-Diter Flik haqida ijobiy fikrlarini bildirdi.

“Murabbiylar tomonidan qilingan mehnatni payqamaslik mumkin emas. Barchamiz g'alaba qozoniashni istaymiz va bir yo'ldan ketmoqdamiz. So'nggi bor “Bavariya” Gvardiola qo'l ostida shunday yaxshi ko'rinishga ega edi.

Flik bizga aniq ko'rsatmalarni beradi va shu sabab u bilan yaxshi til topishib ketdik. Flik – to'g'ri inson, doimo barchasini o'z o'rnida gapiradi va maqsadga o'tadi”, deydi Myuller.

Eslatib o'tamiz, “Bavariya” joriy mavsum Bundesliga va Germaniya Kubogida zafar quchdi. Shuningdek, Flik shogirdlari YCHLda o'z yurishini davom ettirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru