MYU transferlarga qancha mablag' ajratgani va klubni kimlar tark etishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
8 apr 2019, 19:19
Manchester Yunayted mutasaddilari klubga yangi futbolchilarni olib kelish maqsadida transferlar uchun 200 mln. evro ajratishni rejalashtirmoqda.

Britaniya nashrining xabar berishicha, Xuan Mata, Ander Errera, Antonio Valensiya jamoa bilan hayrlashishi deyarli oydinlashmoqda. Shuningdek, klubning asosiy darvozaboni David de Xea va yarimhimoyachisi Pol Pogbaning qolish yoki qolmasligi hozircha aniq emas. 

Qizil iblislarning yozgi transferlardagi ilk maqsadi bu Atletiko xavbeki Saul Niges hamda Napoli himoyachisi Kalidu Kulibalini qo'lga kiritish bo'lib turibdi.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: standard.co.uk