MYU Sulsherning sobiq klubiga qancha pul to'laydi?

Aslanov Jasurbek
19 dek 2018, 17:37
Bir necha soat oldin "Manchester Yunayted" rasmiy saytida Ule-Gunnar Sulsher jamoani vaqtincha boshqaradigan murabbiy sifatida e'lon qilindi.

Norvegiyalik bungacha "Molde" murabbiyi sifatida ishlayotgan edi. Mutaxassis va klub o'rtasidagi bitimda tovon pullari ko'rsatib o'tilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Norvegiya klubi Sulsherni qo'yib yuborgani uchun MYUdan 2 mln. evro oladi. Agar "Manchester Yunayted" mutaxassis bilan to'laqonli shartnoma imzolasa, bu Norvegiya klubiga 9 mln. evro daromad keltiradi.

Sulsher 1996-2007 yillarda MYU sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror