MYU Sanchesni sotishga tayyor

Mirjalol Normatov
10 fev 2020, 19:29
"Manchester Yunayted" yozda xavbek Aleksis Sanchesni sotib yuborishga tayyor.

Ayni damda chililik futbolchi ijara asosida "Inter" tarkibida o'ynamoqda. "Manchester Evening News" xabariga ko'ra, mankunianliklar futbolchini sotib yuborish uchun xaridorlar izlamoqda.

Oldinroq "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ijara muddati yakunlanganidan keyin Sanches jamoaga qaytishini aytib o'tgandi. Shunday bo'lsa ham, rahbariyat ayni damda Aleksisning transferi uchun ishlarni davom ettirmoqda.

Sanchesning MYU bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. "Yunayted" va "Inter" tuzgan shartnomaga ko'ra, milanliklar ijara muddati yakunlanganidan keyin futbolchini sotib olisholmaydi. Futbolchi "Inter"da o'zining oldingi holatini tiklayotgani MYU rahbariyatini qiziqtirmayapti.

Umumiy hisoblaganda, Sanches "Inter" tarkibida 383 daqiqa o'ynadi va o'rtada 3 oy davomida jarohatini davoladi. U 7 o'yinda 1 gol va 2 assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News