MYU qishda "Yuventus"ning asosiy futbolchilaridan birini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
9 dek 2017, 13:02
"Manchester Yunayted" "Yuventus"nig chap qanot himoyachisi Aleks Sandroga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qizil iblislar" braziliyalikni yanvar oyida xarid qilmoqchi. MYU qishki transfer oyida tarkibni kuchaytirish uchun 90 mln. evro sarflamoqchi.

Sandroning o'zi "Yuventus" rahbariyatiga Angliyada o'ynamoqchi ekanligini ma'lum qildi. Turin klubi 26 yoshli braziliyalikni mavsum o'rtasida faqat katta mablag'ga sotishi mumkin.

Yozda "Yuventus" himoyachisini 70 mln. evro evaziga "Chelsi"ga sotmagan edi. Aleks Sandroning turinliklar bilan kelishuvi 2020 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Record