MYU Pau Torresni nishonga olgan

Mirjalol Normatov
10 may 2022, 00:55
"Vilyarreal" himoyachisi Pau Torres yozda jamoadan ketishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, 25 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"ning yozda transfer qilishi mumkin bo'lgan short-listidan o'rin olgan. Hozircha tomonlar hech qanday muzokaralar olib bormayapti. Barchasi "Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xagning qaroriga bog'liq.

Torresga ayni damda "Chelsi" tomonidan ham qiziqishlar bor. Uning transfer summasi 60 million evro atrofida baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano