MYU o'z darvozabonini "Everton"ga ijaraga bermadi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2020, 14:01
"Manchester Yunayted" o'z darvozaboni Serxio Romeroni transfer oynasining so'nggi kunida "Everton"ga ijaraga bermadi.

The Athletic nashri xabariga ko'ra, Liverpul shahri klubi argentinalik posbonni bir yillik ijarasi uchun 2 million funt taklif qilgan hamda uning maoshini (haftasiga 100 ming funt) to'lab berishini ma'lum qilgan.

Biroq MYU Romeroni 8 million evroga sotmoqchi bo'lgan va "Everton" "Roma"dan Robin Olsenni ijaraga olgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Athletic