
Joriy mavsum oldidan MYU ishqibozlarga chiptalarni xarid qilib, uni qayta sotish taqiqlanishini ma'lum qilgan edi.
"Fenerbaxche"ga qarshi mehmondagi uchrashuvdan oldin bir muxlis "Tvitter" orqali chiptasini sotishga uringan, ammo buni payqab qolgan MYU rahbariyati ishqibozga quyudagi xatni yubordi.
"Sizning nomingizga olingan chipta ijtimoiy tarmoq orqali sotilayotganiga guvoh bo'ldik.
Chiptalarni noqonuniy qayta sotish shartlarda ko'rsatilganidek taqiqlanadi.
Natijada, chiptangiz bekor qilinadi. Shu bilan birga, siz kamida 3 yil davomida jamoamizning uy va mehmondagi o'yinlariga kira olmaysiz".