MYU muxlislari Zirkzee o'yinning 33-daqiqasidayoq zaxiraga olinganini qarsaklar bilan qarshi olishdi

Omonjon To`xtamirzayev
31 dek 2025, 19:55
"Manchester Yunayted" APL 19-turi doirasida "Nyukasl"ga qarshi bahs olib bordi (0:2).

Manchesterliklarning niderlandiyalik hujumchisi Joshua Zirkzee o'yinni asosiy tarkibda boshladi, ammo 33-daqiqadayoq alishtirildi. Uning o'rniga maydonga Kobbi Maynu tushirildi. Bu Ruben Amorimning taktik qarori bilan bog'liq vaziyat edi, sababi Zirkzee jarohat olmagan.

Ushbu o'zgarish amalga oshirilayotganida "qizil iblislar"ning stadionga kelgan muxlislari xursandliklarini ko'rsatib, qarsaklar bilan munosabat bildirishdi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Athletic