MYU Mataga shartnoma taklif qildi

2 may 2019, 21:50
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Xuan Mataga yangi shartnoma taklif etdi.

Manchester Evening News ma'lumotiga ko'ra, klub futbolchiga 1+1 ko'rinishda kelishuvga erishmoqchi. Ispaniyalik yarim himoyachi ham MYU sharafini himoya qilishidan xursnad ekanini aytib o'tdi. 

31 yoshli Mata mankunianliklar tarkibiga 2014 yilda kelib qo'shilgan. Joriy mavsum u APLda 21 o'yinda 3 ta gol urib, 2 marta golga assistentlik qildi.  Xuan Mataning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanishi ko'zda tutilgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Manchester Evening News