MYU ko'zlab qo'ygan murabbiy "Milan" boshqaruvini o'z qo'liga olishi mumkin

Mirjalol Normatov
29 sen 2018, 20:08
"Milan" rahbariyati bosh murabbiy Jennaro Gattuzoni iste'foga chiqarishni rejalashtirishmoqda.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, klubning amaldorlari jamoaning natijalaridan mamnun emas. Ular "rossoneri" futbolchilari bu mavsumda o'sishga erishmayapti deb hisoblashmoqda. Ayni damda "Milan" A Seriyada 6 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 14-pog'onasini egallab turibdi.

Hozirda Gattuzoning o'rnini egallash uchun Antonio Kontening nomzodi ilgari surilmoqda. Oldinroq italiyalik mutaxassis "Manchester Yunayted"da ish boshlashi mumkinligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport