MYU hujumchisi jamoadan ketmoqchi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2024
Hujumchi Antoni Marsyal 2023/2024 yilgi mavsum yakunida "Manchester Yunayted"ni tark etadi.

Fransiyalik futbolchi kelasi yozda erkin agentga aylanadi. Uning "Old Trafford"da qolish istagi yo'q. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi.



Antoni Marsyal 2023/2024 yilgi mavsum 19 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va sherigiga 1 ta golli pas uzatdi. Avvalroq matbuotda 28 yoshli futbolchi o'z xizmatlarini A Seriya yetakchisi "Inter"ga taklif qilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano