MYU futbolchisi jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
24 fev 2026
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martines boldir mushagi jarohatiga shubha qilingani uchun jamoasining "Everton"ga qarshi o'yinini o'tkazib yubordi.

Bu haqda "The Athletic" xabar bermoqda.

Faoliyati davomida MYUda tez-tez jarohatlarga yo'liqqan Martines noyabr oyida 9 oylik tanaffusdan keyin maydonga qaytgandi. 

28 yoshli futbolchi APLdagi so'nggi 9 ta o'yinning barchasida boshlang'ich tarkibda maydonga tushgandi.

Jamoadagilar hozirgi muammo uni 1-2 haftaga safdan chiqaradi, degan umidda.

Kecha tunda MYU "Everton" bilan bahs yuritib, Benyamin Sheshkoning goli evaziga zafar quchdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic